Letra Ijozat ber - Shahzoda

Ijozat ber - Shahzoda
Información de la canción En esta página puedes leer la letra de la canción Ijozat ber de -Shahzoda
Canción del álbum: Qora ko'zlaring
Fecha de lanzamiento:02.06.2011
Sello discográfico:RizaNova

Seleccione el idioma al que desea traducir:

Ijozat ber
Sokin yelar qaygʻu koʻzlaringdan,
Tinmay eslab, orzu — yuragingda,
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni roʻyodan izlaysan.
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!
Unutib bilmaysan,
Orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni
Buncha qiynaysan?
Ijozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay!
Sevishdan tinmaysan,
Orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir oʻzgada yuragim,
Bilmaysan…
Har on sevgi, orzu shahridasan,
Xayol ichra baxting qasridasan,
Qanday senga soʻzlarim yetkazay?
Faqatgina orzuingda yashay!
Mahzun tunlar orzu xayolingda
Ma`yus yigʻlar,
Qaygʻu — koʻzlaringda.
Bejon endi sevging xayolingda,
Tinmay meni roʻyodan izlaysan.
Ijozat ber, har dam orzularingda yashay,
Ijozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!
Unutib bilmaysan, orzudan tonmaysan,
Nega ojiz yuragingni buncha qiynaysan?
Ijozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,
Ijozat ber, har dam orzularingda qolay!
Sevishdan tinmaysan, orzudan tonmaysan,
Tushungin, axir oʻzgada yuragim, bilmaysan…

¡Escribe lo que piensas sobre la letra!

Otras canciones del artista:

Nuevos textos y traducciones en el sitio: